JSST salomatlik uchun xavfli bo‘lgan besh turdagi oziq-ovqatlar ro‘yxatini e’lon qildi
1️⃣ Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari
JSST xulosasiga ko‘ra, kolbasa, dudlangan mol go‘shti, sosiska va shu singari qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari onkologik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Kuniga atigi 50 gramm miqdorida shunday yeguliklarni iste’mol qilish yo‘g‘on ichak saratoni rivojlanish xavfini 18 foizga oshiradi.
2️⃣ Transyog‘lar va margarin
JSST transyog‘larni ovqatlanish rasionidan butunlay chiqarib tashlash tarafdori. Qayd etilishicha, dunyo bo‘ylab 5 milliardga yaqin odam shunday zararli mahsulotlardan himoyalanmagan. Bu esa yurak xastaliklari va o‘lim xavfini oshiradi. Ayniqsa, margarin eng zararli yog‘lardan biri hisoblanadi.
3️⃣ Qovurilgan yeguliklar
Tamaddixonalarda qayta-qayta ishlatiladigan yog‘ sog‘lik uchun katta ziyon keltiradi. O‘z navbatida, qizartirib qovurilgan yeguliklar turli xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
4️⃣ Shakar va uning o‘rnini bosuvchi mahsulotlar
Shakarning me’yordan ko‘p miqdori jigarni zo‘riqtiradi va qator xastaliklarga chalinish ehtimolini oshiradi. Shu bois JSST tavsiyasiga ko‘ra, kunlik shakar iste’moli 25 grammdan oshmasligi kerak.
5️⃣ Konservalangan va qadoqlangan taomlar
Bunday yeguliklar tarkibida ularni saqlash muddatini uzaytirishga xizmat qiluvchi zararli qo‘shimchalar mavjud. Masalan, kartoshka chipslaridagi natriy glutamat organizmni xuddi chekish bilan bir xil darajada zaharlaydi.