Saratonga qarshi kurashuvchi arzon va samarali mahsulotni bilasizmi?

Saratonga qarshi kurashuvchi arzon va samarali mahsulotni bilasizmi?
Kundalik iste’mol qiladigan mahsulotlarimiz aholi orasida ommalashgan ko‘plab kasalliklarga eng yaxshi davo bo‘lishi mumkin. Jumladan, ko‘k choy saraton kasalligining oldini olish yoki ta’sirini kamaytirishga yordam berishini bilarmidingiz?
Olimlarning izlanishlariga ko‘ra, ko‘k choy tarkibidagi polifenollar terini saratondan himoya qilishga yordam beradi. Shuningdek, ushbu ichimlik ba’zi teri muammolarini yengishga ko‘maklashadi. Ko‘k choy ichgan odam boshqalarga qaraganda kamroq toshmalardan aziyat chekadi.
Olimlar, shuningdek, ichimlik tarkibidagi polifenollar va boshqa biologik faol birikmalar saratonning ko‘plab turlaridan himoya qilishini isbotladi. Ko‘krak saratoni, kolorektal saraton, jigar saratoni, tuxumdon saratoni, prostata saratoni, og‘iz saratoni hamda teri saratoni, shular jumlasidandir. 

“Tadqiqotchilar, shuningdek, polifenollar saraton hujayralarini o‘ldirishga yordam beradi va sog‘lom hujayralarni saratonga olib keladigan mutatsiyalardan himoya qiladi”, deydi parhez bo‘yicha mutaxassis Ketrin Bruking.
Ko‘k choy va saraton kasalligi bo‘yicha 5000 dan ortiq tadqiqotlar, jumladan, inson klinik sinovlari, aholini o‘rganish va laboratoriya tahlillari nashr etilgan. Xususan, “Journal of Medicinal Food” jurnalida chop etilgan klinik tadqiqotga ko‘ra, har kuni ko‘k choy ekstrakti va L-theanine qo‘shimchasini iste’mol qilgan ishtirokchilar xotiraning mustahkamlanishi, diqqatlilikning ortishi va dunyoga ijobiy qarash kabi ijobiy ta’sirlarni sezgani aytilgan.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-