Buxoro viloyatining Vobkent tuman markaziy dehqon bozorida Yangi yil bayrami munosabati bilan barcha turdagi oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi mahsulotlarining arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi tashkil etilgan. Ushbu yarmarkada go'sht va go'sht mahsulotlari, mosh, loviya, no'xot kabi dukkakli mahsulotlar, mahalliy va chet eldan keltirilgan sitrus mevalar, yo'g' , sabzavotlar, shirinliklar va tuxum kabi 30 turdan ortiq mahsulotlar mavjud. Arzonlashtirilgan yarmarka faoliyatidan aholi mamnun va rastalar gavjumligiga guvoh bo'ldik.