Navoiyda voyaga yetmagan qizni o‘nga yaqin kishi zo‘rlagan

Navoiyda voyaga yetmagan qizni o‘nga yaqin kishi zo‘rlagan
 Navoiyda voyaga yetmagan qizni o‘nga yaqin kishi zo‘rlagani bo‘yicha Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi, bir kishi qamoqqa olindi
Navoiy shahar prokuraturasi tomonidan voyaga yetmagan qiz bilan bog‘liq holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 128-1-moddasi (O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoki mulkiy yoxud boshqacha tarzda manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida 1 nafar shaxs qamoqqa olingan.
Sodir etilgan qilmish jinsiy jinoyatlar toifasiga tegishli bo‘lganligi sababli boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, 15 yoshli qizni Navoiydagi muzqaymoq shoxobchasi yerto‘lasida bir necha bolalar zo‘rlab, u bilan jinsiy aloqa qilgan. Boshqa bir bola esa uni noma’lum joyga olib ketib, o‘sha yerda bir necha marotaba jinsiy munosabatda bo‘lgan.
Bundan tashqari, hodisa yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishida tergovchi bo‘lgan IIB xodimi qizni Toshkentga chaqirib, u bilan jinsiy aloqa qilgan. Aniqlanishicha, hozirda tergovchi qamoqqa olingan.
Sud hukmi bilan sudlanuvchilarning ikki nafariga 3,5 yil, bir nafariga 4,5 yil va bir nafariga 5 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Hozirda ushbu voyaga yetmagan qizni yana uch yigit zo‘rlagani holati yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu jinoyatchilarning eng kattasi 23 yoshda bo‘lsa, eng kichigi esa 18 yoshda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-