Yangi tahrirdagi “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi
Senatning 54-yalpi majlisida yangi tahrirdagi “Elektr energetikasi to‘g‘risida” gi qonun qabul qilindi.
Qonunda energetika sohasida raqobat muhitini yaratish, treyderlar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan umumiy qoidalar, ularning huquqlari va majburiyatlariga oid normalar belgilangan.
Ta’kidlanishicha, amaldagi qonun 2009 yilda qabul qilingan bo‘lib, unda elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori, jumladan, sohada raqobatni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari nazarda tutilmagan, elektr ta’minotining ishonchli, xavfsiz, barqaror hamda kam xarajatli ishlashini ta’minlaydigan normalar aks ettirilmagan, iste’molchilarning narxlar va xizmatlar ko‘rsatish sifati bo‘yicha manfaatlarini himoya qilish kafolatlari belgilanmagan.
Yangi tahrirdagi “Elektr energetikasi to‘g‘risida” gi qonun bilan iste’molchilarning narxlar, ishonchli elektr ta’minoti va xizmatlar ko‘rsatish sifati bo‘yicha manfaatlarini himoya qilish, elektr energiyasi jiddiy to‘siqlarsiz sotiladigan likvidli bozorni shakllantirish maqsadida samarali, shaffof, tabaqalashmagan va raqobatdosh elektr energiya bozorining yuzaga kelishi va rivojlanishiga ko‘maklashish nazarda tutilgan.
Qonunda raqobat muhitini rivojlantirish, xususiy sarmoyalarni jalb qilish va joriy etishni rag‘batlantiruvchi elektr energetika tarmog‘ining samarali faoliyat yuritishi uchun tuzilma va umumiy qoidalar belgilangan.
Shuningdek, elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozor qoidalari ham aks ettirilgan.

Комментарии (1)