O‘tgan hafta eng qimmatbaho avtoraqam 300 mln so‘mdan ortiqqa sotilgan

O‘tgan hafta eng qimmatbaho avtoraqam 300 mln so‘mdan ortiqqa sotilgan
2024 yil 1 iyuldan 7 iyulgacha bo‘lgan davrda avtoraqam.uzex.uz savdo tizimiga jami 54 331 ta avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari joylashtirilgan bo‘lib, shundan 44 331 tasi jismoniy shaxslar uchun va 10 000 tasi yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.
2024 yil 1 iyuldan 7 iyul oralig‘ida 4 306 ta avtoraqamlar bo‘yicha ausion savdolar amalga oshirilgan bo‘lib, ularning jami summasi 17 987,4 mln so‘mni tashkil etdi. Amalga oshgan bitimlarning 94% ulushi jismoniy shaxslarga (16 825,3 mln so‘mga teng 4 154 ta avtoraqam) va 6 foiz ulushi yuridik shaxslarga (1 162,1 mln. so‘mga teng 152 ta avtoraqam) to‘g‘ri keladi.
Tuzilgan bitimlarning bittasi bo‘yicha o‘rtacha qiymat 4,2 mln so‘mni tashkil etib, sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning bahosi esa 324,4 mln so‘mni tashkil qildi.
Bundan tashqari, avtoraqam.uzex.uz axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar soni 722 402 nafarni tashkil etmoqda, shulardan 694 331 nafari jismoniy shaxslar va 28 071 nafari yuridik shaxslarga to‘g‘ri keladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-