Gʻijduvonda ayollar salomatligiga muhim e'tibor qaratilmoqda
Tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishida 2, 3,4, 9, 11 va 18-sonli oilaviy poliklinikalarda ayollar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Unda RIO va RIATM mutaxassislari ham ishtirok etdi.
PQ-402 qarori ijrosi doirasida bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlash maqsadida 30–40–50 yoshli ayollar o‘rtasida skrining tadbirlari o‘tkazilib, onkoginekologik kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan PSR tekshiruvlari amalga oshirildi.
Mutaxassislar tomonidan onkologik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, xavf omillari, dastlabki belgilari hamda barvaqt tashxis qo‘yishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, ayollarga muntazam tibbiy ko‘riklardan o‘tib turish va UTT tekshiruvlarining ahamiyati yuzasidan tavsiyalar berildi.
Ta’kidlanishicha, bachadon bo‘yni saratonini barvaqt aniqlash maqsadida bepul tekshiruvlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu xavf guruhidagi ayollarni o‘z vaqtida aniqlash va kasallikning og‘ir asoratlarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
PQ-402 qarori ijrosi doirasida bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlash maqsadida 30–40–50 yoshli ayollar o‘rtasida skrining tadbirlari o‘tkazilib, onkoginekologik kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan PSR tekshiruvlari amalga oshirildi.
Mutaxassislar tomonidan onkologik kasalliklarning kelib chiqish sabablari, xavf omillari, dastlabki belgilari hamda barvaqt tashxis qo‘yishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, ayollarga muntazam tibbiy ko‘riklardan o‘tib turish va UTT tekshiruvlarining ahamiyati yuzasidan tavsiyalar berildi.Ta’kidlanishicha, bachadon bo‘yni saratonini barvaqt aniqlash maqsadida bepul tekshiruvlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu xavf guruhidagi ayollarni o‘z vaqtida aniqlash va kasallikning og‘ir asoratlarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.