Buxoro viloyatida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, sohani raqamlashtirish orqali zamonaviy innovasion texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, amalga oshirilayotgan islohotlar, qo‘llanilayotgan yangi texnik vositalar, raqamli kuzatuv va qo‘riqlash tizimlari faoliyati, shuningdek, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi vazifalar haqida batafsil ma’lumot berishdan iborat.
Tadbirda ommaviy axborot vositalari vakillari, mustaqil jurnalistlar hamda blogerlar sohasida doir o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.