Sergeli tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Sergeli tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida Sergeli tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda 20 yaqin murojaatchining ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros, yerni xususiylashtirish hamda kadastrga doir boshqa savol, muammolari tinglandi.
E’tiborlisi, kelib tushgan aksariyat masalalar joyida hal etildi. O‘rganilishi vaqt talab qilgan murojaatlarning ijrosi alohida nazoratga olindi.
Qabul davomida shuningdek, “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan olib borilayotgan xatlov ishlari, mazkur qonun bilan aholiga yaratilgan qulayliklar haqida ham ma’lumot berildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-