Sayyor qabullar aholi manfaatlari yo‘lida xizmat qiladi

Sayyor qabullar aholi manfaatlari yo‘lida xizmat qiladi
Kadastr agentligi rahbariyati ishtirokida Toshkent shahri aholisining kadastrga oid murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi.
Unda fuqaro va tadbirkorlarning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.Xususan, sayyor qabul davomida 20 ga yaqin fuqaroning murojaati kelib tushgan bo‘lsa, shu yerning o‘zida 12 tasi ijobiy hal etildi, 8 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, qabul davomida yig‘ilganlarga Oʻzbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-937-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, unda nazarda tutilgan tartib-taomillar, aholiga yaratilgan imkoniyatlar haqida ham ma’lumot berildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-