Buxoro viloyatida “Ishonch” jamgʻarmasi doirasidagi inklyuziv va raqamli taʼlim loyihalari bilan tanishildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ishonch” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarni joylarda koʻzdan kechirish maqsadida UNESCOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari va jamoasi, shuningdek, Maktabgacha va maktab taʼlimi, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari, Shveysariyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillaridan iborat “Ishonch” jamgʻarmasi boshqaruv qoʻmitasi hamda bir qator vazirlik va idoralar vakillari Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.
Eʼtirof etish joizki, “Vision 2030 – Oʻzbekistonda taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli taʼlim orqali sifatli va inklyuziv taʼlim natijalariga erishish” hamda “Ishonch 2030” loyihalari Buxoro viloyatida nafaqat umumtaʼlim muassasalari, balki pedagog kadrlar salohiyatini oshirishga xizmat qilayotgan muhim tashabbuslardandir. Xususan, “Ishonch 2030” loyihasi doirasida Romitan tumanidagi 1-sonli, Kogon shahridagi 3-sonli hamda Buxoro shahridagi 45-sonli umumtaʼlim maktablarida inklyuziv taʼlim muhitini yaratish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Tashrif Romitan tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabidan boshlandi. Mehmonlar bu yerda tashkil etilgan inklyuziv taʼlim sinflari va STEM laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdilar.
Shundan soʻng mehmonlar Buxoro viloyat pedagogik mahorat markazida “Ishonch” jamgʻarmasining “Yuqori sifatli va inklyuziv taʼlim natijalariga erishish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli taʼlimdan foydalanish” loyihasi doirasida tashkil etilgan anjumanda ishtirok etishdi.
Shuningdek, jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani ham boʻlib oʻtdi. Anjumanda loyiha natijalari, kelgusidagi rejalar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berilib, jurnalistlarning savollariga mutasaddilar tomonidan batafsil javob berildi.
Shuningdek, delegatsiya Buxoro shahridagi 45-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib, maktab boʻylab ekskursiya davomida raqamli, STEM va inklyuziv sinflar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Maktab direktori va oʻqituvchilari bilan oʻtkazilgan suhbatlar jarayonida yaratilgan taʼlim muhiti, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Eʼtirof etish joizki, “Vision 2030 – Oʻzbekistonda taʼlim imkoniyatlarini kengaytirish: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli taʼlim orqali sifatli va inklyuziv taʼlim natijalariga erishish” hamda “Ishonch 2030” loyihalari Buxoro viloyatida nafaqat umumtaʼlim muassasalari, balki pedagog kadrlar salohiyatini oshirishga xizmat qilayotgan muhim tashabbuslardandir. Xususan, “Ishonch 2030” loyihasi doirasida Romitan tumanidagi 1-sonli, Kogon shahridagi 3-sonli hamda Buxoro shahridagi 45-sonli umumtaʼlim maktablarida inklyuziv taʼlim muhitini yaratish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.
Tashrif Romitan tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabidan boshlandi. Mehmonlar bu yerda tashkil etilgan inklyuziv taʼlim sinflari va STEM laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdilar.Shundan soʻng mehmonlar Buxoro viloyat pedagogik mahorat markazida “Ishonch” jamgʻarmasining “Yuqori sifatli va inklyuziv taʼlim natijalariga erishish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli taʼlimdan foydalanish” loyihasi doirasida tashkil etilgan anjumanda ishtirok etishdi.
Shuningdek, jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani ham boʻlib oʻtdi. Anjumanda loyiha natijalari, kelgusidagi rejalar yuzasidan batafsil maʼlumotlar berilib, jurnalistlarning savollariga mutasaddilar tomonidan batafsil javob berildi.Shuningdek, delegatsiya Buxoro shahridagi 45-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib, maktab boʻylab ekskursiya davomida raqamli, STEM va inklyuziv sinflar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Maktab direktori va oʻqituvchilari bilan oʻtkazilgan suhbatlar jarayonida yaratilgan taʼlim muhiti, erishilgan natijalar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.