Vatanparvarlik oyi doirasida yoshlar bilan mazmunli uchrashuv
“Vatanparvarlik oyi” tadbirlari doirasida 2025-yil 22-dekabr kuni Navoiy shahridagi 7532-sonli harbiy qism vakillari — guruh komandiri serjant O‘.A. Azimov hamda seksiya komandiri serjant F.T. Nabiyevlar Navoiy shahar 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi.
Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlod ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda Vatan himoyachisi bo‘lish mas’uliyati haqida atroflicha tushuncha berishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, harbiy xizmatni o‘tash tartibi, xizmatga chaqiriladigan shaxslar, harbiy xizmat turlari hamda harbiy hayotning o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Harbiylar tomonidan berilgan tushuntirishlar sodda, jo‘n va hayotiy misollar asosida olib borilgani o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, tadbirda maktabning CHQBT fani rahbari, zaxiradagi podpolkovnik A. Taxirov ham ishtirok etib, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni jismonan va ma’nan yetuk shaxslar etib voyaga yetkazish borasidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Mazkur uchrashuv o‘quvchilar uchun harbiy xizmatning mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq anglash, Vatanga sadoqat va fidoyilik kabi oliy fazilatlarni qalbiga singdirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlod ongida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda Vatan himoyachisi bo‘lish mas’uliyati haqida atroflicha tushuncha berishdan iborat bo‘ldi.Uchrashuv davomida maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, harbiy xizmatni o‘tash tartibi, xizmatga chaqiriladigan shaxslar, harbiy xizmat turlari hamda harbiy hayotning o‘ziga xos jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Harbiylar tomonidan berilgan tushuntirishlar sodda, jo‘n va hayotiy misollar asosida olib borilgani o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.