Aholini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash hamda yashirin iqtisodiyotni oldini olish choralari ko‘rilmoqda
Joriy yil 16-fevral kuni Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda muborak Ramazon oyi arafasida ichki bozorlarda narx-navoni barqarorlashtirish, aholini, ayniqsa ehtiyojmand qatlamni arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilanib, mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berilgan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati soliq xizmati organlari tomonidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Xususan, bugun viloyat soliq xizmati organlari mas’ullari tomonidan Gʻijduvon, Shofirkon Vobkent, Peshku, Romitan va Buxoro tumanlaridaning dehqon bozorlarida tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalaridagi mahsulotlar narxlari o‘rganilib, tadbirkorlar bilan ochiq muloqatlar o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida mas’ullarga ushbu yarmarkalarga "Daladan dasturxongacha" tamoyili asosida hududdagi fermerlar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini ko‘proq jalb qilish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Sababi, bu orqali bozorlarimizda oziq-ovqat maxsulotlarining barqaror narxlari ta’minlanadi.Jarayonda naqdsiz to‘lovlarni kengaytirish, nazorat-kassa texnikalaridan to‘g‘ri foydalanish, elektron hisob-fakturalarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.Shuningdek, dehqon bozorlarida tadbirkorlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning soliq intizomiga qat’iy rioya qilishi zarurligi va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalariga ham e’tibor qaratilib, ushbu yo‘nalishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.