Takroriy ekin qo‘shimcha daromad, to‘kinlik manbai
Vobkent tumanida g‘alladan bo‘shagan maydonlardan unumli foydalanish choralari ko‘rilmoqda.
Mamlakatimiz aholisini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, fermer xo‘jaliklari iqtisodini mustahkamlash maqsadida g‘alladan bo‘shagan maydonlarda takroriy ekin ekib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish dolzarb ahamiyatga ega.

Ayni kunda Vobkent tumanining qishloq xo‘jaligida band bo'lgan fermer xo‘jaliklari tomonidan 14 ta hududda paxta va g‘alla yetishtirib kelinayotgan bo‘lsa, yaqinda hosili o‘rib-yig‘ib olingan va somondan tozalangan ekin yerining 6199 gektarida takroriy ekinlar ekib yetishtirishga jadal kirishildi, —deydi Vobkent tumani hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O.No‘karov — Aniqrog‘i, bu yilgi mavsumda 319 gektar maydonda sabzavot, 220 gektar yerda poliz, 150 gektar maydonda kartoshka, 274 gektar yerda dukkakli, 808 gektarda moyli mahsulotlar yetishtirish harakatiga kirishilgan. Shuningdek, joriy mavsumda 1050 gektar yerda makkajo‘xori, 2389 gektar maydonda tariq, 875 gektar erta pishar paxta, 1169 gektar yerda boshqa ozuqa ekinlari ekib yetishtirish ko‘zda tutilgan.
Hududlar miqyosida olganda, bu yil Vobkent tumanida Xitoy davlatidan keltirilgan "Oq tariq" 150 ta fermer xo‘jaligining jami 220 gektar maydonida ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib bugungi kunda 2 ta fermer xo‘jaligida jami 10 gektar maydonda ekildi. Hosildorligi 1 gektariga 40 syentenerni tashkil etadi. Gektariga 2.5-3 kg dan urug‘ sarflanadi xozirda 14 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 127 kg oq tariq urug‘i keltirilgan bo‘lib, ekish ishlari davom ettirilmoqda. Jami 550 kg urug‘ ekilishi rejalashtirilgan.Shu kunlarda tuman mutasaddilari, ma’muriy sektor rahbarlari tomonidan takroriy ekin sifatida ekilishi lozim bo‘lgan yer maydonlari tayyorlanishi, buning uchun sarflanadigan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini fermer xo‘jaliklari, agroklaster va boshqa korxonalarga o‘z vaqtida yetkazib berishga doir tashkiliy ishlar hal qilingan bo‘lib, fermer va dehqon xo‘jaliklariga bu borada zarur tavsiya va topshiriqlar berilmoqda.