Vobkentda tadbirkorlar uchun imkoniyatlar bisyor

Vobkentda tadbirkorlar uchun imkoniyatlar bisyor
Vobkent tumani “Ponob” MFY dagi Yangi hayot qishlog‘ida faoliyat yuritayotgan “Taraqqiyot shoys” oyoq kiyimi ishlab chiqarish korxonasi raxbari Turdiyev Sulaymon tomonidan jami 2 mlrd 340 mln.so‘m, shundan 1,3 mlrd so'm xorijiy kredit hisobiga amalga oshirilgan quvvati 6500 dona charm-poyabzal ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi amalga oshirilib kelinmoqda. Korxona tomonidan aholiga maxsus oyoq kiyimlar hamda o‘g‘il va qiz bolalar uchun mo‘ljallangan oyoq kiyimlar ishlab chiqarilmoqda.—Korxonamizning yer maydoni yarim gektarni egallagan deydi tadbirkorlik korxonasi rahbari Sulaymon Turdiyev.—Yiliga 12 ming dona tayyor oyoq kiyimi tikib tayyorlashni zimmamizga olganmiz. Ishlab chiqarish uchun jihozlar va asbob-uskunalar Xitoy davlatidan olib kelingan. Hozirda 10 nafar ishchi mehnat qilayotgan korxonada yil yakuniga borib buyurtmachilarga yetkazib beriladigan mahsulot ayirboshlashdan mahalliy budjetga 6 milliard so‘m ulush qo‘shish maqsad qilingan.  
Tumanning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yuqori va barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, aholi yashashi va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratish, yashil tamoyil va yondashuvlarni keng joriy etish, iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi drayver loyihalarni amalga oshirish orqali aholi bandligini ta’minlash va ularning daromadlarini oshirish, bu borada rejalashtirilgan ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Sharopov Shuhrat Vobkent tuman hokimligi axborot xizmati rahbari 
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-