Vobkentda ham aholi xonadonida quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish boshlandi
Aholi va ijtimoiy soha ob’yektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Vobkent tumanida ham ayni vazifalar ijrosi doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, tumandagi "Ko‘lodina"mahalla fuqarolar yig‘ini,Eshonlar qishlog‘ida istiqomat qiluvchi fuqaro Nizom Fayziyev xonadonining tom qismiga 100 million sarqlab quvvati 30 kVt bo‘lgan quyosh panellarini o‘rnatgan holda, o‘z ehtiyojlari uchun foydalanib kelmoqda. Ushbu stansiya orqali yiliga o‘rtacha 14 000 kVt-soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Shuningdek, fuqaro ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojlaridan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotishni ham boshladi.Kuniga 219 ming, bir oyga 7 million sof foyda qilmoqda.
Jumladan, iste’molchi va «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Vobkent hududiy filiali o‘rtasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Sharopov Shuhrat
Vobkent tuman hokimligi axborot xizmati