Yetti xazinaning biri yana aholi xonadonlariga qaytmoqda.

Yetti xazinaning biri yana aholi xonadonlariga qaytmoqda.
Parranda — yetti xazinaning biri. Ozgina diqqat-e’tibor va ishtiyoq bilan parvarishlasangiz, qisqa fursat ichida uning tuxum va go‘shtini sarishtalay olmay qolishingiz hech gap emas. Uy sharoitida parrandachilik bilan shug‘ullanib, tuzukkina daromad ham olish mumkin.Ma’lumotlarga qaraganda, jahon bo‘yicha qoramol go‘shtidan ko‘ra parranda go‘shtini yetishtirish ko‘proq rivojlanmoqda. Buning yana bir muhim jihati bor: parranda yil davomida tuxum beradi, tez fursatda go‘shtga yetiladi. Aholi orasida parhez parranda go‘shtga bo‘lgan talabning oshishi sababli sohaga qiziqish tobora kuchaymoqda. Tuxum-u go‘shtidan tashqari, patidan momiq ko‘rpa-yostiqlar tayyorlanadi, go‘ngidan tabiiy organik o‘g‘it sifatida foydalaniladi.
Vobkent tuman "Niyozxo‘ja" MFY hududidagi Qoryog‘di qishlog‘ida yashovchi fuqaro Anvar Gadoyev qo‘shimcha daromad qilish uchun 6 yildan buyon parrandachilik bilan shug‘ullanib, tovuq boqib kelmoqda.
           
  – Parrandachilik haqiqatdan ham yetti xazinaning biri ekan, - deydi Anvar Gadoyev.- Shu tufayli ro‘zg‘orimiz obod, turmushimiz farovon. O‘tgan 2022 yilda  6 million 250 ming so‘mlik imtiyozli kredit olib  shu mablag‘ hisobidan 100 bosh tovuq boqdik. . Ayni paytda tovuqlar soni 500 boshdan oshib ketdi. Har kuni 400-450 dona tuxum olayapmiz. Mana buni amalda ko‘rishiz mumkin. Ularga beriladigan ozuqa ham o‘zimizdan chiqayapti. Hovlimizda parrandalar uchun makkajo‘xori, karam, sabzi, pomidor, bodring yetishtirayapmiz. 

Tovuqning tuxumi shifobaxsh ham ekan. Turli xil shamollashlarning davosi bo‘lgan bu tuxumlarni qishlog‘imiz aholisidan tashqari qo‘shni Shofirkon, Peshko‘ tumanlaridagi mijozlarimiz ham olib ketishmoqda. Shuni foydasidan damas rusumli avtomashinasini ham oldik.

 Parrandachilik daromadi hisobidan uylari zamonaviy qilib ta’mirlandi, - deydi "Niyozxo‘ja" MFY hokim yordamchisi F.Jo'rayev. - Shu xonadonning onajonisi, Maqsuda opa daromadi hisobidan to‘ylar ham qilayapti. Mahallamiz faxri bo‘lgan bu oilaga hamma havas bilan qarashadi. Parranda va 3 bosh qora mollarni boqishda Maqsuda opaga farzandlari yaqindan yordam berishmoqda. Shuningdek 4 sotix yerga kartoshka, sarimsoqpiyoz ekkan edik, kartoshkalar zo‘r bo‘ldi. Mehnat qilsangiz rohatini ko'rasiz.

Ro‘zg‘orimiz but, hamma narsani tomarqa yeridan ekib olamiz. Men qishloqdoshlarimga aytmoqchiman, tovuq yetti xazinaning biri deb bekorga aytishmagan ekan, ro‘zg‘orim but bo‘lsin qo‘shimcha daromad olay desangiz tovuq boqing. 
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-