Ertangi hashar keyingi haftaga qoldirildi

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida 2023 yil 11 mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi haqida avval xabar bergan edik.
Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida ushbu umumxalq xayriya hashari Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida hamda tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 2023 yil 11 martdan 18 martga ko‘chirildi.
Hashar mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, bolalar maydonchalari va boshqa joylarni obodonlashtirish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilmoqda.