Ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to‘lanadi

Ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to‘lanadi
“Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra 2025 yil 1 noyabrdan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar quyidagi shaxslar uchun ish o‘rinlarining majburiy zaxiralarini shakllantiradi:
▪️ nogironligi bo‘lgan shaxslar;
▪️ oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar;
▪️ Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarning a’zolari;
▪️  muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar;
▪️ ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslar.

Bunda majburiy zaxiralash:
🔹 xodimlar umumiy sonining 3 foizidan oshmasligi zarur;
🔹 xodimlari soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga nisbatan qo‘llanadi.
Shuningdek, 2025 yil 1 - noyabrdan  ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslarga to‘lanadi. Bunda:
🔸 ishsizlik nafaqasi so‘nggi 5 yilda kamida 18 oy ishlagan shaxslarga mehnat shartnomasi bekor qilingandan so‘ng ular 6 oy ichida murojaat qilganda, ularning oxirgi 18 oylik o‘rtacha ish haqi hisobidan 3 oy davomida to‘lanadi;
🔸 1-oyda o‘rtacha oylik ish haqining 75 foizi, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lanadi;
🔸 2- va 3- oylarda esa o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lanadi.
Ishsizlik nafaqasini takroran belgilashda dastlabki tayinlangan nafaqani olish muddati tugagandan so‘ng qo‘shimcha ravishda kamida 12 oylik ish staji talab etiladi. 
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-