Ipak qatidagi xazina yoxud “kumush tola” Vobkent tumanidagi “Kumushkent ipagi” MCHJ korxonasida tillaga aylanmoqda
Vobkent tumanidagi “Kumushkent Ipagi” MCHJ korxonasi 2008 yildan buyun o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Korxona “Ipak tolasi va ipak momig‘i” mahsulotlarini xorijga eksport qilish faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 200 tonnani tashkil etadi. Bugungi kunda korxonada 3000 ga yaqin mavsumiy hamda 100 dan ortiq doimiy yoshlarning ish bilan bandligi ta’minlangan.
Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar Janubiy Kareya, Eron, Vetnam, Pokiston, Xitoy va boshqa ko‘plab mamlakatlarga 100% eksporti amalga oshirilib kelinmoqda. Joriy yilda korxona tomonidan 2,1 mln. AQSH Dollar miqdorida ipak mahsulotlari eksport qilish rejalashtirilgan bo‘lib 2025-yilning 7 oy davomida 556,6 ming AQSH Dollar miqdorida Ipak mahsulotlari eksport qilish amalga oshirildi, Mahsulotlarning asosiy xaridori Janubiy Koreya hamda Pokiston davlatlari hisoblanadi.
Biz yaqinda ushbu korxonada bo‘lib, korxonaning o‘rov syexida ko‘p yillardan buyon ishlab kelayotgan mohir ishchi Nargiza Komilova bilan suhbatda bo‘ldik.— Dastlab qiynalganman, albatta, — deya eslaydi u. — Kishi qunt bilan ishlasa hammasi joyiga tushib ketarkan. Vazifam dastgohlarning bir maromda ishlashini nazorat qilishdan iborat. Mabodo ip uzilgudek bo‘lsa, darhol bog‘lab qo‘yaman. Ipakdan olinayotgan ip sifati ko‘p jihatdan bizning mehnatimizga bog‘liq. Kasbimni yaxshi ko‘raman. Sizga yolg‘on, menga chin, hozir ko‘zimni chirt yumgan holda ham ishimni qila olaman. Korxonada ishchilarning ko‘pchiligi qishloq xotin-qizlari. Ular uchun avtobus ajratilgan. Bepul tushlik berilmoqda.— Biz Vobkent tumanida yetishtirilayotgan pillani qayta ishlaymiz,- deydi korxona bosh hisobchisi Nurxon Irayeva.— Ipak qurti boquvchilarga ham, uni qayta ishlovchilarga hamkon qadar qulayliklar yaratib beryapmiz.
— Qalovini topsa, qor ham yonadi, deb bejiz aytishmagan,- deydi korxona ish yurituvchisi Jobir Hojiyev. — Yaqinda korxonamiz qoshida ipakdan gilam to‘qishni yo‘lga qo‘ydik. “Usta – shogird” usulida ish o‘rgangan bir guruh yoshlarimiz turli o‘lchamdagi nafis gilamlarni to‘qishmoqda.
Ishga ana shunday zamonaviy yondashuvlar korxonaning eksport salohiyatini oshiryapti.
Shuhrat Sharopov


— Qalovini topsa, qor ham yonadi, deb bejiz aytishmagan,- deydi korxona ish yurituvchisi Jobir Hojiyev. — Yaqinda korxonamiz qoshida ipakdan gilam to‘qishni yo‘lga qo‘ydik. “Usta – shogird” usulida ish o‘rgangan bir guruh yoshlarimiz turli o‘lchamdagi nafis gilamlarni to‘qishmoqda.
Ishga ana shunday zamonaviy yondashuvlar korxonaning eksport salohiyatini oshiryapti.