Har bir murojaat – e’tiborda!
Vobkent tumani "Guliston" mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabulda muammosi va murojaati bo‘lgan fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, murojaatlar birma-bir tinglandi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda tuman hokimi Akmal Ostonov va tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolarning muammolari va murojaatlari o'rganildi.
Qabulda asosan ishga joylashtirish, moddiy yordam, subsidiya asosida tikuv mashinasi olib berish, nogironlik aravachasi olishda yordam, uy-qurilish ishlarida yordam va kredit olib berish bilan bog'liq muammolar bo‘yicha murojaatlar tinglanib, tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko‘rilishi bo‘yicha topshiriqlar, fuqarolarga esa huquqiy tushunchalar berildi. Ayrim murojaatlar shu yerning o'zida hal etildi.
Ta’kidlangandek, har bir murojaat asoslicha o‘rganilib chiqiladi va qonuniy yo‘l bilan yechimini topadi.