Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
Odamlarning murojaatlari, hayotiy muammo va masalalarini hal etish – davlat xizmatchilari zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi.
Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i Burxon Minasipov boshchiligida boshqarma binosida fuqarolar qabuli tashkil etildi.Rasmiyatchilikdan holi bo‘lgan ochiq muloqot davomida bir necha fuqarolar, jumladan, Shayxontohur tumanidan kelgan T.Toshpo‘latov hamda Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi Z.Musayevaning sohaga oid murojaatlari o‘rganildi. Ularning savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.
Kelib tushgan murojaatlarni qonun doirasida ijobiy hal qilish yuzasidan mas'ullarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Darhaqiqat, yurtimizda aholi murojaatlari bilan ishlash borasida xalqchil mexanizm yo‘lga qo‘yilgan. Kadastr sohasida ham bu tizimning amaliy natijalari odamlar roziligiga erishish hamda jamiyat rivojini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-