Bektemir tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
Davlat idoralarining xalqqa yanada yaqin bo‘lishi, aholi muammolarini yechishning samarali tizimini yaratish maqsadida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar o‘z samarasini berib kelmoqda.
Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari tomonidan Bektemir tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda ham ko‘pgina murojaatlarga yechim topildi.
Qabulda 20 dan ziyod fuqaroning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.
O‘rganilishi vaqt talab etgan murojaatlar yuzasidan mas'ullarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.