Sayyor qabullarda murojaatlar yechimini topmoqda
Kadastr tizimida soha mutasaddilari tomonidan izchil tarzda o‘tkazib kelinayotgan sayyor qabullar fuqaro va tadbirkorlar murojaatlariga tezkorlik bilan yechim topilishiga munosib zamin yaratmoqda.
Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Inamov hamda Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i ishtirokida poytaxt aholisining kadastr sohasidagi murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Unda 10 dan ziyod fuqaroning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros, yerni xususiylashtirish va kadastr bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha savol hamda muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy maslahatlar berildi.