Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qamoqqa olingani ma'lum qilindi
Oliy sud jinoiy ish bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqladi.
Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudida bosh prokuror o‘rinbosarining Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan A.V. (erkak, 1980-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, qishloq xo‘jaligi vaziri lavozimida ishlagan)ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan ko‘rib chiqildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2023-yil 14-dekabrdagi ajrimi bilan bosh prokuror o‘rinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi A.V.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi.