Yunusobod tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Yunusobod tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Yunusobod tumanida sayyor qabul o‘tkazildi 


Bugun poytaxtimizning Yunusobod tumanida Davlat kadastrlari palatasi raisi o‘rinbosari Abdulaziz Yunusov hamda DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Jasur Karimov ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. 
Qabul davomida 20 dan ziyod fuqaro va tadbirkorlarning kadastrga oid savol va muammolari tinglanib, masalalari yaqindan o‘rganildi. E’tiborlisi, kelib tushgan aksariyat masalalar joyida hal etildi. O‘rganilishi vaqt talab qilgan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga topshiriq berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bundan tashqari, qonunchilikdagi yangi qabul qilingan qarorlar hamda o‘zgarishlar haqida ham yig‘ilganlarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-