O‘zbekistonliklar 2-oktabrda ham dam oladi
O‘zbekistonliklar 2-oktabrda ham dam oladi
Ilk marta bayram kuni yakshanbaga to‘g‘ri kelgani sababli dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi, deb xabar bermoqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi axborot xizmati.
Unga ko‘ra, Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni 2023-yilda yakshanba, dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktabr, dushanba kuniga ko‘chiriladi.
Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat ko‘rsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari to‘xtatib qo‘yish mumkin bo‘lmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari ko‘chirilmaydi.