Buxoroda nogironligi bo‘lgan fuqarodan ma’lumotnoma uchun pora olgan shifokor qo‘lga tushdi
Buxoro viloyati, Jondor tumani tibbiyot birlashmasi rentgenolog vrachi nogironligi bor shaxsdan tanishlari orqali uning nogironlik nafaqasiga chiqishida kerakli hujjatlarni tayyorlab berish evaziga 200 dollar talab qilgan.
Fuqaro buncha mablag‘i yo‘qligi va iqtisodiy sharoitga ega emasligini tushuntirgan. Shunday bo‘lsada, shifokor “talabi” bajarilmagani uchun bemorning ishini paysalga solib kelavergan.
Natijada nogironligi bor shaxs huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda shifokor nogironligi bor shaxsdan Tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinikada talab qilingan pullarni olayotgan vaqtida ushlangan.