Kontrakt to‘lovchi ota-onalarga soliq imtiyozi berilmoqda

Kontrakt to‘lovchi ota-onalarga soliq imtiyozi berilmoqda
Parlament quyi palatasining majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasiga professional va oliy taʼlim olishni yana-da rag‘batlantirishga qaratilgan o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilindi.

– Mazkur qonun loyihasiga ko‘ra, ota-onalarga farzandlarining yoshidan qatʼi nazar, ularning taʼlim olishi uchun yo‘naltirilgan to‘lovlarga nisbatan soliq imtiyozlaridan foydalanish imkoniyati berilmoqda, – dedi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Ahadbek Haydarov. – Maʼlumki, amaldagi qonunchilikda chegara qo‘yilgan. Yaʼni, ota-onalar oliy o‘quv yurtlari yoki nodavlat maktab va bog‘chalarda o‘qiydigan farzandlariga taʼlim to‘lovlarini o‘z oylik ish haqlaridan to‘lab bersalar, 12 foiz daromad solig‘ini qaytarib olishlari mumkin. Bu tartib o‘zi ishlab, o‘z kontraktini to‘lagan talabalar va turmush o‘rtog‘i uchun kontrakt to‘laganlarga ham amal qiladi. Ammo ota-onalar bunda 26 yoshga to‘lmagan farzandlari uchungina to‘lov qilgan bo‘lishlari kerak edi. Ushbu qonun loyihasi bilan bu chegara olib tashlanmoqda. Yaʼni, ota-onalar farzandlarining yoshidan qatʼiy nazar o‘z ish haqidan kontrakt to‘lovini to‘lab bergani uchun daromad solig‘idan to‘langan summa chiqarib tashlanadi. Bu yoshlarimizning professional va oliy taʼlim olish imkoniyatlarini yana-da kengaytirishga xizmat qiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-