O‘qituvchilarni navbatchilikka qo‘yish mumkinmi?

O‘qituvchilarni navbatchilikka qo‘yish mumkinmi?
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 20 – dekabrdagi 565-sonli buyrug‘iga 37-ilovada tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan muassasalar) xodimlarining lavozim majburiyatlariga asosan o‘qituvchining lavozim majburiyatlari ichida bunday majburiyat yo‘q. 
Demak, bu holatda ish beruvchi xodimga bu majburiyatni yuklashi huquqiy jihatdan asosga ega emas.
Mehnat kodeksi kodeks 115-moddasiga ko‘ra ish beruvchi xodimdan quyidagilarni talab qilishga haqli emas: 
-agar ushbu Kodeksda va boshqa qonunda boshqacha qoidalar belgilanmagan bo‘lsa, mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilmagan ishni bajarishni; 
-qonunga xilof bo‘lgan, xodimning yoki boshqa shaxslarning huquqlarini buzadigan, hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan, ularning sha’ni, qadr-qimmati hamda ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan harakatlarni amalga oshirishni. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, ish beruvchi o‘qituvchilarga ularning mehnat vazifasidan boshqa ishni buyurishi qonunan taqiqlanadi.
Bunday vaziyatlarda ish beruvchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 49-moddasi bilan (ya’ni mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
 Shunga ko‘ra maktabda o‘qituvchilar o‘rtasida navbatchilikni shakllantirish noqonuniy hisoblanadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-