Qishki “perevod” uchun arizalar qabuli qachondan boshlanadi?
Qishki o’qishni ko’chirish uchun arizalar qabuli 20-dekabrdan boshlanadi. O’qishni ko’chirmoqchi bo’lgan talabalar tomonidan hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha oflayn shaklda taqdim etilishi kerak.
-Oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida toʻldiriladi);
-Talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik maʼlumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi boʻlsa yetarli);
-Pasport nusxasi;
-Yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
Arizalar 20-yanvargacha qabul qilinsa, o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25 yanvardan 15 fevralga qadar amalga oshiriladi.
Qishki perevodda arizalar onlayn shaklda sayt orqali toʻldirilmaydi. Kerakli hujjatlar har bir OTMda tashkil etilgan ishchi guruhga talaba yoki uning yaqin qarindoshlari tomonidan shaxsan topshirilishi shart.
Qay holatlarda qishki perevod orqali o’qishni ko’chirish mumkinligi haqida, sahifamizda avvalroq xabar bergan edik. Quyidagi havola orqali bu bilan tanishib chiqishingiz mumkin.