Andijonda 100 mln so‘mdan ortiq “shtraf”ni to‘lamagan haydovchi jarima maydonchasi devoridan oshib qochdi
Bu haqda “BU KUN” dasturida xabar berildi.
Aytilishicha, 24 yoshli yigit temiryo‘l kesishmasidan o‘tish qoidalarini buzgani YPX xodimining eʼtiborini tortgan. Haydovchiga inspektor tomonidan to‘xtash ishorasi berilgan, biroq u qonuniy talabga bo‘ysunmagan.
Shundan so‘ng u kichik daha hududida to‘xtatilgan. Avtomashina hozirda jarima maydonida. Ushbu mashinada 30 dan ortiq qoidabuzarlik, 100 million so‘mdan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik mavjudligi aniqlangan. Holat yuzasidan inspektor chora ko‘rayotganda, haydovchi jarima maydonidan devor oshib qochib ketgan. Hozirda tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda.