Xitoy O‘zbekistonga yangi temiryo‘l qatnovini yo‘lga qo‘ydi
Xitoy O‘zbekistonga yangi temiryo‘l qatnovini yo‘lga qo‘ydi
Xitoy O‘zbekistonga yangi temiryo‘l qatnovini yo‘lga qo‘ydi, deb xabar bermoqda Spot Sinxua agentligiga tayanib.
Ma’lum qilinishicha, 29-avgust kuni China Railway Beijing Group kompaniyasining yuk poyezdi Xubey provinsiyasi Chjanjiaku shahridan Toshkentga jo‘nab ketdi. 14 ta konteyner platformasidan iborat tarkibda avtomobil ehtiyot qismlari, maishiy texnika va to‘qimachilik mahsulotlari olib kelinmoqda.
Poyezd yo‘nalishi Qozog‘iston bilan chegaradagi Xorgos quruq porti orqali o‘tib, taxminan 15 kun ichida Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, yangi yo‘nalish mintaqada yuk tashishni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi. Chjanjiaku shahridagi temiryo‘l va avtomobil yo‘llari tutashuvi negizida yangi multimodal logistika markazi yaratish rejalashtirilmoqda.
2023-yilning iyunida Zhejiang Union of Railway Logistics kompaniyasi, “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ va “Qirg‘iz temiryo‘li” milliy kompaniyasi davlat korxonasi hamkorligida Xitoy—Qirg‘iziston— O‘zbekiston multimodal transport yo‘lagi orqali yuk poyezdi harakati yo‘lga qo‘yilgandi.