Prezidentning Italiyaga safari o‘z nihoyasiga yetdi

Prezidentning Italiyaga safari o‘z nihoyasiga yetdi
Prezidentning Italiyaga safari o‘z nihoyasiga yetdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Italiya Respublikasiga  tarixiy tashrifi yakuniga yakunlandi.
Davlatimiz rahbari Rimda Italiya Prezidenti Serjo Mattarella va Bosh vaziri Jorja Meloni bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi. Ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma deklarasiya qabul qilindi.
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dun’yuy bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev Lombardiya gubernatori Attilio Fontanani qabul qildi, Italiyaning yirik kompaniyalari vakillari bilan davra suhbati o‘tkazdi hamda to‘qimachilik mashinasozligi ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlangach, Milanning “Malpense” aeroportida davlatimiz rahbarini Lombardiya viloyati gubernatori Attilio Fontana va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Prezidentimiz Toshkentga jo‘nab ketdi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-