Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 boshlandi. 

Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 boshlandi. 
Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 boshlandi

AQShning Florida shtati Orlando shahrida  Federetion Internationale des Geometres-FIG (Xalqaro geodezistlar federatsiyasi-XGF) tashabbusi bilan har yili o’tkazib kelinayotgan Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023  boshladi.
Haftalikning ochilish marosimida XGF Prezidenti Diane Dumashie hamda jamg’arma rahbari John Hohol, NSPS Prezidenti Robert Akins so’zga chiqib ishitrokchilarni samimiy qutlashdi.
28 maydan 1 iyungacha bo’lgan ish haftalikda XGFning 10 ta komissiyasi tomonidan geodeziya, kadastr, fazoviy ma’lumotlar va ushbuga mansub boshqa yo’nalishlar bo’yicha dunyoning turli mamlakatlarida erishilgan yutuqlar va mukammal tajribalar hamda muammoli masalalar ko’rib chiqiladi.
Ushbu nufuzli tadbirda O’zbekiston vakillari birinchi marta ishtirok etmoqda.  Kadastr agentligi mas'ullari konferensiya ishtirokchilari hisoblanadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-