O'zbekiston sporti tarixida ilk bor mamlakatimiz vakili Osiyo ot sporti federasiyasi vitse-prezidenti bo'ldi.
Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining ot sporti musobaqalari o‘tkazilgan Tognlu shahrida Osiyo ot sporti federatsiyasining navbatdan tashqari Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tdi. Uning kun tartibidan federatsiya vise-prezidentlarini saylash masalasi ham o‘rin olgan edi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu yuksak lavozimga nomzodlar orasida Xitoy, BAA, Janubiy Koreya, Liviya va Eron vakillari qatori O‘zbekistondan nomzod ilgari surildi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, hamyurtimiz Bahromjon Gaziyev Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.
Shuningdek, Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga Yaponiya, Janubiy Koreya va Liviya vakillari ham tasdiqlanishdi.