Grant asosida o‘qiydiganlar 3 yil ishlab berishi bekor qilindi
Oliy ta’lim tizimida bir qator o‘zgarishlar joriy qilinmoqda. Bu yildan universitetga kirish imtihonlaridan minimal o‘tish ballari o‘zgardi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish balini 2 bosqichda oshirib, sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi (amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball).
Shuningdek, ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant – maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga butun o‘qish davri uchun beriladi. Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha prezident ishtirokidagi yig‘ilishda universitetlarsha grant kirishda o‘zgarishlar qilinishi aytilgandi. Unga ko‘ra, ta’lim granti – talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1kursda o‘qishga kirish natijalari bo‘yicha, 2kursdan boshlab reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi.