Pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha diagnostika testlarni endi Qoraqalpoq tilida ham yechish mumkin

Pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha diagnostika testlarni endi Qoraqalpoq tilida ham yechish mumkin
2024-yilning ikkinchi yarmida oʻtkaziladigan attestatsiya oldidan pedagoglarni qoʻllab-quvvatlash hamda sinovlarga tayyorgarlik uchun sharoit yaratish maqsadida umumtaʼlim fanlari boʻyicha diagnostika testlari tashkil etilmoqda.
Bildirilgan ko‘plab talab va istaklardan kelib chiqib, o‘qituvchilarga yanada kengroq imkoniyat yaratish maqsadida pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha diagnostika testlari endi Qoraqalpoq tilida ham e’lon qilinmoqda.
Ushbu test topshiriqlari Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan eʼlon qilingan pedagoglar attestatsiyasi boʻyicha malaka toifasi sinovlari topshiriqlarining mavzulari va qoʻllanilgan adabiyotlar roʻyxati asosida shakllantirilgan. 
Diagnostik testda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha 35 ta, kasb standartidan 5 ta hamda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Yaʼni haqiqiy attestatsiya jarayonlariga oʻxshash formatdagi va miqdordagi topshiriqlar beriladi. 
Qoraqalpoq tilidagi diagnostik testlarni bajarish uchun quyidagi havolaga o‘ting:
https://t.me/uztdi_qrtestbot
Testlar rus va o‘zbek tillarida ham yangilangan platformada testlar kelgusi haftada boshlanadi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-