O‘zbekistonda maktablarga 51 mln so‘mdan ajratilib, o‘quvchilar tanloviga ko‘ra sarflanadi

O‘zbekistonda maktablarga 51 mln so‘mdan ajratilib, o‘quvchilar tanloviga ko‘ra sarflanadi
O‘zbekistonda 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi amalga oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston–2030” strategiyasini 2024-yilda amalga oshirishga qaratilgan davlat dasturi to‘g‘risidagi prezident farmonida belgilandi.
Unga ko‘ra, ushbu sinov loyihasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 1 tadan tumanida (shahrida) yo‘lga qo‘yiladi. Buning doirasida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida (51 million so‘m) mablag‘ ajratilib, ushbu mablag‘ 5–11-sinf o‘quvchilari tanloviga ko‘ra elektron doska, kompyuter, sport jihozlari, kitoblar kabi maktab uchun zarur tovarlarga sarflanadi.
Shuningdek, 2024-yil sentyabrdan boshlab Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-