Kadastr agentligida "E-yer nazorat" AAT dasturining taqdimoti bo'lib o'tdi

Kadastr agentligida "E-yer nazorat" AAT dasturining taqdimoti bo'lib o'tdi
Bugun Kadastr agentligi hamda tizim tashkilotlarida Ommaviy axborot vositalari xodimlari va mustaqil blogerlar ishtirokida Kadastr agentligi tomonidan yuritiladigan yer va kadastr nazoratida shaffof mexanizmni shakillantirish maqsadida ishlab chiqilgan "E-yer nazorat" AAT dasturi taqdimoti bo'lib o'tdi.
“E-YER NAZORAT” AAT yaratilishi natijasida Yer va kadastr nazorati sohasidan, Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish va qurilish ishlarini amalga oshirishda huquqbuzarliklarni aniqlashdan bartaraf etilgunga qadar samarali davlat nazorati o‘rnatilishiga erishildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-fevraldagi PQ–138-son qaroriga asosan takomillashtirildi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan integratsiya qilingan Ichki ishlar vazirligining “E-maʼmuriy ish” axborot tizimi o‘rtasida maʼlumot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
“E-YER NAZORAT” AAT dasturi joriy qilinishi natijasida ortiqcha qog‘ozbozlik va huquqbuzarlikni bartaraf etishda muddatlar qisqarishi va hujjat almashishni samaradorligiga erishildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-