Xayriya hasharida kadastrchilar ham faol
Xabaringiz bor, mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Ushbu ezgu va savobli tadbirda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari, uning tarkibidagi barcha tuman-filiallar xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.
Jumladan, bugun erta tongdan boshqarma xodimlari bahoriy bayramona kayfiyat hamda o‘zaro hamjihatlik ruhida hashar tadbirini boshlab yubordilar.
Hashar davomida ariqlar tozalanib, bino joylashgan hudud yon-atrofi yanada orasta holatga keltirildi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.