Rossiyada haqini ololmayotgan o‘zbekistonliklarning 225 mln so‘mdan ortiq maoshi undirib berildi

Rossiyada haqini ololmayotgan o‘zbekistonliklarning 225 mln so‘mdan ortiq maoshi undirib berildi
Mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi rahbariyati Permdagi ko‘p tarmoqli migratsiya markazida bo‘lib, markaz rahbariyati bilan O‘zbekiston fuqarolarining mazkur hududda ish bilan taʼminlanishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.
Permdagi “Trek”, “Limakmarashstroy”, Tuladagi “Volovskiy broyler”, Yekaterinburgdagi “Progress”, Blagoveshenskdagi “Asfalt” va Volgograddagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlarimiz va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.Amur viloyati savdo-sanoat palatasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Krasnoyarskdagi “Esta Konstrakshen” korxonasida ishlayotgan 18 nafar yurtdoshimizning 1 million 660 ming rubldan ortiq miqdoridagi ish haqi ish beruvchidan undirib berildi.
Qiyin ahvolda qolgan yurtdoshimiz Nijniy Novgorod – Tashkent yo‘nalishidagi aviareys orqali Vatanga qaytarildi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-