Rossiyada qiynalayotgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam berildi
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy yordam berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakillari hududlardagi turli korxonalarda bo‘lib, ish beruvchilar va mehnat migrantlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Amurdagi “Krepost 28” va Permdagi korxonalarda ishlayotgan yurtdoshlar va ularning ish beruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda xorijiy ishchi kuchiga ehtiyoji mavjud korxonalarga tashkiliy tarzda O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilish imkoniyatlari to‘g‘risida fikr almashildi. Mehnat migrantlari bilan uchrashuvda O‘zbekistonda migratsiya sohasida qabul qilinayotgan yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Ularning yashash va ish sharoitlari o‘rganildi.
Shuningdek, Sankt-Peterburg davlat agrar universitetida ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Sankt-Peterburg hamda Nijnevartovskda moliyaviy qiyin ahvolda qolgan fuqarolar Sankt-Peterburg—Toshkent, Nijnevartovsk—Namangan aviareysi orqali Vatanga qaytarildi.
Nijnevartovsk va Volgogradda ishlayotgan yurtdoshlarga huquqiy yordam ko‘rsatildi. Perm va Tulada murakkab vaziyatda qolgan vatandoshlarga moddiy yordam berildi.