Toshkentga g‘ildirakli tramvaylar keltirilishi mumkin

Toshkentga g‘ildirakli tramvaylar keltirilishi mumkin
Toshkent transport tizimiga g‘ildirakli tramvaylar integratsiyalashuvi taklif etildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yo‘l-transport infratuzilmasi va atmosfera ifloslanishiga doir masalalarning dolzarbligi, ushbu mavzularda ko‘plab aholi murojaatlari va muhokamalari mavjudligidan kelib chiqqan holda, Toshkent shahar hokimligida yo‘l-transport infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda “Toshkent Invest” AJ, Global ekologik fond (GEF), Xitoyning CRRC Group kompaniyasi, BMT TD va Transport vazirligi vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda jamoat transportini takomillashtirish, yashil yonilg‘ida harakatlanadigan transport vositalari ulushini oshirish, mikromobillikni kengaytirish, yo‘lovchilar va haydovchilar uchun qulaylik yaratish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, tadbir davomida “Toshkent shahrida kam uglerodli transportga investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish” loyihasi taqdim etildi. Loyiha GEF va BMT Taraqqiyot dasturi ko‘magida ishlab chiqilgan bo‘lib, poytaxtning eng gavjum ko‘chalaridan biri Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab yashil transport yo‘lagini yaratishni sinov tariqasida taklif qilmoqda.
Shuningdek, CRRC Group kompaniyasi vakillari ishlab chiqarilayotgan transport vositalari haqida batafsil ma’lumot berdi. Xususan, g‘ildirakli tramvaylarning afzalliklari, qulayligi, samaradorligi va sig‘imi haqida so‘z yuritilib, ularning poytaxt transport tizimiga integratsiyalashuvi taklif etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida eng samarali yechimlarga erishish uchun hamkorlikda ishlash va munozaralarni davom ettirishga kelishdi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-