Navoiyda qiymati 40 million so'm bo'lgan metallarni o‘g‘irlab ketayotgan shaxslar ushlandi

Navoiyda qiymati 40 million so'm bo'lgan metallarni o‘g‘irlab ketayotgan shaxslar ushlandi
Joriy yilning 27-yanvar kuni soat 17:00 da Navoiy viloyati "Navoiy azot" AJ ga tegishli hududda xizmat olib borayotgan Qo‘riqlash-patrul xizmati xodimlari tomonidan, nomaʼlum shaxs hech qanday hujjatlarsiz 300 mm diametrdagi, jami 30 dona metall quvurlarni maxsus texnika yordamida yuklayotganligi aniqlanadi.
Voqea joyiga Navoiy shahar IIB Tezkor-tergov guruhi chaqirtirilib, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan. 
Dastlabki o‘rganishlar jarayonida umumiy uzunligi 350 metr, qiymati 40 million so‘mdan ortiq bo‘lgan 23 tonna metall quvurlarni talon-taroj qilmoqchi bo‘lgan shaxs 1988-yilda tugilgan Qiziltepa tumanida yashovchi O.X., ekanligi aniqlanadi.
Hozirda Navoiy shahar IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-