O‘zbekistonda sayyohlar uchun lyuks poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda sayyohlar uchun lyuks poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi
“Orient Silk Road Express” birinchi lyuks poyezdi xorijlik sayyohlarni O‘zbekistonning tarixiy shaharlari orqali olib o‘tib, Toshkentga yetib kelganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Buyuk ipak yo‘li” yo‘nalishi bo‘ylab sayohat loyihasi Germaniyaning “Lernidee Erlebnisreisen” va Angliyaning “Golden Eagle Luxury Trains” sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Turistik charter poyezdlari Avstriya, Angliya, Germaniya, Niderlandiya, Indoneziya, Irlandiya, Ispaniya, Kanada, Lyuksemburg, Malayziya, AQSH, Fransiya va Shveysariyadan kelgan sayyohlarga xizmat ko‘rsatadi.
Joriy yilda 14 ta turistik poyezd O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab harakatlanishi reja qilingan. Ushbu poyezdlardan bittasi sayyohlarga xizmat ko‘rsatishni tugatib, Toshkentga yetib keldi. Ikkinchisi hozirda Samarqandda sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-