Endilikda talabalar amaliyot o‘tagani uchun pul olishi mumkin

Endilikda talabalar amaliyot o‘tagani uchun pul olishi mumkin
Faqat, hamma talabalar emas. Tanlab olingan bitiruvchi kurs amaliyotchi talabalari.
Yangi tartibga asosan, bitiruvchi talabalar bir oydan uch oygacha iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotida bo‘lishi mumkin.
Bunda Oliy ta’lim vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili tanlov o‘tkaziladi.
Amaliyot o‘tash uchun 500 ta (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) o‘rin ajratiladi.
Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchi talabalarga amaliyot o‘tayotgan korxona tomonidan BHMning 2 barobari miqdorida (680 ming so‘m) ish haqi to‘lanadi. Bu pul Oliy ta’lim vazirligidan tashkilotga o‘tkazib beriladi.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-