Surxondaryodagi qishloqda elektr va gaz yo‘qligi, aholi oziq-ovqat uchun qayiqda suzib borayotgani aytildi
Surxondaryodagi qishloqda elektr va gaz yo‘qligi, aholi oziq-ovqat uchun qayiqda suzib borayotgani aytildi
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi qishloqlarning birida elektr va gaz yo‘qligi va aholi oziq-ovqat uchun qayiqda suzib borayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi axborot xizmati mazkur holatga munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, elektr muammosi yuzasidan 2020-yilda 1 kv quyosh batareyalaridan 45 ta xonadonga o‘rnatib berilgani qayd etilgan. Bundan tashqari, 2022-yilda To‘palang suv ombori yon tomonidan yo‘l qurib borilgani va avtomashinalar harakatlana olishi uchun imkoniyat mavjudligi aytilgan. Gaz muammosi yuzasidan esa Tumangaz ta‘minoti bo‘limi tomonidan har oyning 10-sanasigacha gaz ballonlari yetkazib berilishi aniqlandi