Buxoroning tarixiy obidalar oldida uyatsiz harakatlar qilgan qiz va yigit javobgarlikka tortildi

Buxoroning tarixiy obidalar oldida uyatsiz harakatlar qilgan qiz va yigit javobgarlikka tortildi
Buxoroning tarixiy obidalar oldida uyatsiz harakatlar qilgan qiz va yigit javobgarlikka tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda 1 qiz va 1 bola Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan "Poyi Kalon" majmuasi oldida behayo hatti-harakatlar bilan raqsga tushgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, 2022-yilning iyul oyi o‘rtalarida 2004-yilda tug‘ilgan E.M. ismli qiz o‘zining tanishi 2004-yilda tug‘ilgan, hozirda Samarqand temir yo‘l texnikumi 1-bosqich talabasi A.A. ismli yigit bilan Buxoro shahrining tarixiy qismidagi "Poyi Kalon" majmuasiga taxminan soat 05:00 larda kelib, turli behayo qiliqlar qilib, boshqa bir tanishining qo‘l telefoniga videoga olingan hamda o‘tgan yili ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, har ikkala fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlikka tortildi. Shuningdek, voqeani tasvirga olgan fuqaroning shaxsini aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-