Chorvoq qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi

Chorvoq qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi
Chorvoq qirg‘oqlaridan odam suyaklari topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chorvoq suv ombori qirg‘oqlarida odam suyaklari aniqlangani aytilgan video tarqalgandi. Bu bo'yicha Bo‘stonliq tuman prokuraturasi  ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ushbu qirg‘oqda bundan bir necha yillar avval Bo‘stonliq tumanidagi “Bolodala” MFY hududida joylashgan “Bezgati bog‘” qabristoni bo‘lgan. Ushbu qishloqda yashovchi aholi shu qabristonga dafn etilgan, suv omborida suv sathining ko‘tarilishi natijasida qabriston suv ostida qolib ketgan va hozirda suv sathi pasaygani sababli odam suyaklari yuzaga chiqqani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Оставить комментарий


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

-